Insoniylikning eng oliy mezoni

12:14 06 Noyabr 2023 Jamiyat
488 0

Xalqimizga xos xislatlar haqida soʻz ketganda, muruvvat va mehr-oqibat, saxovatpeshalik alohida tilga olinadi. Chindan ham, bu kabi insoniy fazilatlar yurtdoshlarimizning kundalik ishlari, niyatlari bilan uygʻunlashib ketgan.

Binobarin, inson va uning manfaatlari ustuvor sanalgan mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat zamirida ham aholi turmushini yanada farovon etish, ehtiyojmandlarga koʻmaklashish kabi ulugʻvor maqsadlar mujassam.

Inson qadri ulugʻlanayotgan yangi Oʻzbekistonda yolgʻiz qariyalar, pensioner, nogironlar hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ular holidan xabar olish, gʻamxoʻrlik koʻrsatish uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilayotir. Ijtimoiy sohaga jamoatchilik eʼtiborini kuchaytirish, manzilli ijtimoiy himoyani kafolatlash davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Bu borada, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyatalab qatlamiga manzilli yordam koʻrsatish, bu sohada bajarilayotgan ishlar samaradorligini taʼminlash masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilgan.

Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining bir guruh harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan navbatdagi saxovat karvoni 2023-yilning 4-noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan birgalikda Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan 30-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif doirasida mazkur mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun turli sport oʻyinlari, davra suhbatlari, Akademiya Orkestri, harbiy xizmatchilari va kursantlari ijrosidagi Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, shu bilan birga bir-biridan qiziqarli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, badiiy kitoblar toʻplamlari, esdalik sovgʻalari hamda ular uchun bayramona dasturxon koʻrki boʻlgan oʻzbegim oshlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Tashkil etilgan tadbirlarni tarbiyalanuvchilar katta qiziqish bilan qabul qilganliklari va ularning oʻzlari ham ushbu tadbirlarda faol ishtirok etganliklari, barcha ishtirokchilarda birdek iliq taassurotlar qoldirdi. Shuningdek, jajji bolajonlarga koʻtarinki kayfiyat ulasha olgan kuy-navolar, ularning qalblarida oʻchmas iz qoldirdi.

Tadbir yakunida mazkur muassasa rahbariyati va tarbiyachilari tomonidan ezgulik ulashib kelayotgan Akademiya rahbariyatiga va harbiy xizmatchilariga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, saxovatpesha boʻlish eng oliy fazilatdir. Kimgadir muruvvat koʻrsatish, shu yoʻl bilan savob olish insoniylikning bosh mezonlaridandir.

─ Odatda saxiylikni koʻproq badavlat odamlardan kutamiz. Aslida, har birimizning qurbimiz yetganicha, imkoniyat darajasida saxovat koʻrsatishimiz — bizning insoniy burchimizdir deydi ─ 30-sonli mehribonlik uyi direktori – Feruza Usmonxoʻjayeva ─ xayru saxovat insonlar oʻrtasida mehr-muhabbat va oqibat rishtalarini bogʻlashga, oʻzaro hurmat va totuvlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi, desam mubolagʻa boʻlmaydi.

Farhodjon XOʻJAYEV,

Akademiya katta oʻqituvchisi, mayor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер