Inson qadri ulugʻlangan yurtda baraka boʻladi

18:09 05 Fevral 2024 Jamiyat
301 0

Ishtixon tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Muhtasham, koʻrkam va zamonaviy bu binoda nafaqat markaz xodimlari, balki bu yerga keluvchi barcha fuqarolar uchun zarur qulayliklar yaratildi.

— Endilikda bu yerda mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish, ijtimoiy toʻlovlar bilan ishlash, nogironligi boʻlgan shaxslarga yordam berish, katta yoshdagi va ogʻir vaziyatga tushib qolgan oilalarga koʻmaklashish hamda bolalarni ijtimoiy himoya qilish shuʼbalarida aholiga sifatli xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi, — deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi Xurshid Nazarov.

Ochilish marosimida viloyat hamda Ishtixon tuman hokimligi vakillari, nuroniylar va tuman faollari ishtirok etishdi hamda yangi binoning imkoniyatlari, aholi farovonligini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari haqida fikr bildirdilar. Zero, inson qadri ulugʻlangan yurtda baraka boʻladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер