Informatika fanidan 7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalari eʼlon qilindi
Joriy yilning 29-yanvar kuni 7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan informatika fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari maʼlum boʻldi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur olimpiadada hududlar kesimida informatika fanidan 7-sinflar boʻyicha 14 ming 18 nafar oʻquvchilar ishtirok etgan.
Quyidagi havola orqali natijalar bilan tanishishishingiz mumkin:
Maʼlumot uchun, natijalar boʻyicha apellyatsiya arizasini ushbu havola orqali qoldirishingiz mumkin boʻladi. Apellyatsiya arizalari 17-fevral soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring