Infeksionist vaksinadan keyin ham “COVID-19” infeksiyasining yuqish holatlariga izoh berdi

02:37 30 Sentyabr 2021 Dunyo
1515 0

Foto: РИА Новости

Rossiyalik infeksionist Jamila Kurmayeva vaksinadan keyin ham "COVID-19» infeksiyasining yuqish holatlariga izoh berdi.

“Vaksina yuborilgandan keyin immunitet shakllanmagan holatlar mavjud boʻladi. Ammo emlanganlar koronavirus bilan kasallansa ham odatda ular kasallik yengil va oʻrtacha darajada oʻtadi”, deydi Kurmayeva.

Uning taʼkidlashicha, masalan, shu kunlarda Penza viloyati klinik markazida koronavirus infeksiyasini ogʻir oʻtkazayotgan va jonlantirish boʻlimida qolayotgan 60 nafar bemor orasida vaksina olganlar yoʻq.

“Shunday odamlar ham borki, ularning organizmlari emlashdan keyin antitanachalarni umuman yoki yetarli darajada antitanachalar ishlab chiqarmaydi”, deya qoʻshimcha qiladi shifokor.

Mutaxassisning yana tushuntirishicha, vaksinaga organizmning umuman javob bermasligiga ogʻir surunkali kasalliklar va immunitetni pasaytiruvchi dorilarni qabul qilish ham sabab boʻlishi mumkin ekan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер