Indoneziyaning Oʻzbekistondagi elchisi vafot etdi
Kecha, 13-iyun kuni soat 18:30 da Toshkent shahrida Indoneziya Respublikasining Oʻzbekiston va Qirgʻizistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sunario Kartadinata vafot etdi. Bu haqda Indoneziya elchixonasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Sunario Kartadinata 1950-yilda tugʻilgan. U tibbiyot fanlari magistri, professor boʻlib, 2019-yildan boshlab Indoneziyaning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring