Indoneziyalik teleijodkorlar Oʻzbekiston turizmiga oid videomateriallar tayyorlashmoqda

11:41 24 Fevral 2023 Madaniyat
699 0

Ayni damda Indoneziyaning “NET MEDIA” telekanali ijodkorlari Oʻzbekiston haqida hujjatli film suratga olishmoqda.

Taʼkidlash kerakki, Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari R. Qobilov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 27-yanvar – 3-fevral kunlari Malayziya va Indoneziyaga tashrif buyurib, Indoneziyaning “NET MEDIA” kompaniyasi bilan uchrashgan va kompaniya vakillarini Oʻzbekistonga taklif qilgan edilar.

Shu kunlarda telekanal ijodkorlari Samarqandda suratga olish ishlarini davom ettirmoqda. Ijodiy guruh viloyatning diqqatga sazovor joylari, oʻzbek xalqining boy tarixi, madaniyati, betakror tabiati va mehmondoʻstligini kadrlarga muhrlamoqda.

Qayd etish joizki, bunga qadar indoneziyalik ijodkorlar Toshkentda boʻlib, poytaxtimizning tarixiy-madaniy obyektlari, istirohat bogʻlari, metro bekatlari, bozorlari va boshqa diqqatga sazovor joylari haqida qisqa metrajli videorolik va filmlar tasvirga olishdi. Jumladan, ijodkorlar “Hazrati Imom” va “Suzuk ota” majmualari, Islom sivilizatsiya markazi, “Chorsu” bozori, “Navroʻz” bogʻi, “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi va boshqa yana bir qancha obyektlariga tashrif buyurishdi.

Maʼlumot uchun, “NET MEDIA” televideniyesi ijodkorlari 1-martga qadar Buxoro va Toshkent viloyatlarida ham tasvirga olish ishlarini rejalashtirishgan. Bundan maqsad yurtimizning turizm salohiyati va brendini dunyo boʻylab keng targʻib qilish hamda xorijiy sayyohlar eʼtiborini Oʻzbekistonga koʻproq jalb qilishdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер