IndiGo Dehli va Toshkent oʻrtasida parvozlarni har kuni amalga oshiradi
17-avgustdan Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli — Toshkent — Dehli yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlari sonini haftasiga toʻrt martadan yetti martagacha oshirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.
Shunday qilib, parvozlar har kuni Airbus 320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, IndiGo aviakompaniyasi 2023-yil 22-sentyabrdan Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni boshlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring