Imtiyozlar eksport salohiyatini oshirmoqda

13:50 29 Avgust 2024 Jamiyat
206 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Respublikamizda tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratilishi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Ulugʻnor tumani sharoiti ogʻir hudud sifatida ana shu toifaga mansub boʻlib, bu yerda tadbirkorlar uchun soliq toʻlovlari 1 foiz miqdorida belgilangan.

— Bu ishlab chiqarishni rivojlantirishda katta imtiyoz vazifasini oʻtamoqda, — deydi “Fayz tekstil” MCHJ rahbari Sherzodbek Muhiddinov. — Sababi, iqtisod qilingan mablagʻ hisobiga yangi texnologiyalarni sotib olish imkoniyati yaratildi. Shu yilda korxonamiz ishga tushirilishi munosabati bilan 300 ta yangi ish oʻrni yaratdik. Ular ishtirokida bir oyda 150 tonna kalava ip ishlab chiqarmoqdamiz. Shundan, 120 tonnasi Xitoy davlatiga eksport boʻlmoqda. Shu kunlarda yangi loyiha ustida ishlamoqdamiz. Uni ishga tushirish orqali ishchilarimiz soni 100 nafarga yetadi.

Tumandagi mavjud korxonalar imtiyozlardan unumli foydalangan holda ishlab chiqarish koʻlami va eksport salohiyatini oshirmoqda. Shu bois joriy yilda 37 mln. dollarlik eksport yoʻlga qoʻyilishi belgilangan boʻlsada, yilning oʻtgan davri mobaynida 23 mlrd. dollarlik mahsulot xorijlik xaridorlarga yetkazib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер