Imtiyoz, imkoniyat, masʼuliyat
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit, imkoniyatlardan unumli foydalangan yigit-qizlar oʻz iqtidorlarini namoyon etib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
Respublika Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq, joriy yilda bir guruh yoshlar oliygohlarga imtiyozli ravishda oʻqishga kirish imkoniyatiga ega boʻldi. Ular orasida Uychi tuman farzandi, Namangan shahar 1-DIMI bitiruvchisi Begoyim Varisova ham bor. Koʻp yillardan buyon Yoshlar ittifoqi tizimida viloyat va respublika sardori sifatida faoliyat olib borayotgan Begoyim tashabbuskorligi bilan ushbu muvaffaqiyatga erishdi.
— Viloyatimizda iqtidorli, bilimli va intiluvchan tengdoshlarim koʻp. Ular bilan hamkorlikda fan olimpiadalari, turli koʻrik-tanlovlar, musobaqalarda bir-birimizni doim qoʻllab-quvvatladik, — deydi Begoyim Varisova. — Maktab sabogʻini olish bilan birga, yoshlar orasida tashkilotchilik boʻyicha faol mehnatim oʻz natijasini topganidan xursandman. OTMga kirishimda taqdim etilayotgan imtiyoz kelgusi orzu-maqsadlariga parvoz bagʻishlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring