Imtihonlarni 3 smenada oʻtkazish rejalashtirilmoqda

15:16 22 Iyul 2020 Jamiyat
847 0

DTM boshqarma boshligʻi Diyorbek Qoʻchqorovning aytishicha, bu yilgi abituriyentlar sonidan (1,5 milliondan oshiq abituriyent hujjat topshirgan) kelib chiqib, imtihonlar 3 smenada oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

"Ruxsatnomalar imtihon oʻtkazilishi kuni aniq boʻlgandan keyin 10 kun oldin beriladi, — dedi u. — 1 mln 270 ming abituriyentga smeta qilingan. 840 ta guruh uchun barcha zarur himoya vositalari tayyorlangan.

Hududlardan keladigan abituriyentlar uchun sharoit yaratish ishlari olib borilmoqda. Transport vazirligi bilan abituriyentlarni olib kelib, yana yashash joylariga yetkazish boʻyicha tashkiliy ishlar koʻrib chiqilmoqda".

U bu haqda bugun AOKAda 2020-2021-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlari, tahlil va xulosalar mavzusida oʻtkazilgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер