Immunolog «Omikron»ning inson organizmidagi asosiy nishoni haqida maʼlumot berdi
Illyustrativ foto
Yapon olimlari tomonidan olib borilgan laboratoriya tadqiqotlarda koronavirusning «Omikron» shtammi yuqori nafas yoʻllarining shilliq qavatlari hujayralarida yaxshiroq koʻpashini maʼlum boʻlgan. Bu esa kasallikning yengil shakli ekanini anglatishi mumkin. Bu haqda rossiyalik immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nikolay Kryuchkovning aytib oʻtdi.
«Omikron»ning xususiyatlari haqida yaxshi maʼlumotlar mavjud. Masalan, Yaponiya olib borilgan laboratoriya tadqiqotlarida yangi shtamm yuqori nafas yoʻllarining shilliq qavatlari hujayralarida yaxshiroq koʻpayishi va oʻpkada “delta”ga nisbatan ancha kam namoyon boʻlishi maʼlum boʻlgan. Bundan qisman «Omikron»ning past patogenligini tushunish mumkin», deydi immunolog.
Ushbu fikrga virusolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, Anatoliy Altshteyn ham qoʻshilmoqda.
«Omikron»ning bu xususiyati virusning patogenligini pasayish nuqtayi nazaridan eng muhim jihatlardan biridir», deydi Altshteyn. Uning qoʻshimcha qilishicha, bu oʻlim darajasini pasaytiradi.
Avvalroq, Kryuchkov dastlabki tadqiqotlar koronavirusga qarshi emlash kasallikning ogʻir darajasi yoki «Omikron» shtammidan oʻlim ehtimolini 85-90 foizga kamaytirishini koʻrsatayotganini aytgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring