Immunitetni koʻtarish uchun qanday mahsulotlar isteʼmol qilgan maʼqul?

11:23 07 Yanvar 2024 Jamiyat
526 0

Иллюстратив фото

Koʻpincha qish faslida immunitet tizimi zaiflashib, odamlar orasida mavsumiy kasalliklar avj oladi. Xoʻsh, buning oldini olish uchun qanday mahsulotlar isteʼmol qilish lozim?

— Avvalo, shoʻr, achchiq va yogʻli taomlardan tiyilish zarur. Tarkibida shakar va kofein boʻlgan mahsulotlar isteʼmolini ham cheklagan maʼqul, — deydi Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiyev.

— Ularning oʻrniga, qovoq, sabzi, lavlagi, pomidor, piyoz, sarimsoq, koʻkatlar, sutli mahsulotlar, olma, sitrus mevalar, yogʻsiz goʻsht, baliq va asal tanavvul qilish tavsiya etiladi.

Ushbu noz-neʼmatlar organizmni mineral va vitaminlar bilan toʻyintirib, immunitet tizimini mustahkamlaydi.

Tananing kasalliklarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini oshiradigan mahsulotlardan biri — piyoz. U organizmga tushgan mikroblar bilan kurashish, saraton hujayralari oʻsishini toʻxtatishga yordam beradi, immunitetni oshiradi.

Sarimsoq piyoz — stressdan keyin tanani tiklashga koʻmaklashadi, jigarni tozalaydi. U yalligʻlanish va oʻsmalar bilan kurashish uchun ajoyib vositadir.

S vitamini ham immun tizimini mustahkamlaydi. U limon, naʼmatak, apelsin, shirin qalampir, qora smorodina tarkibida koʻp miqdorda mavjud boʻladi.

Zanjabil (imbir) — organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini tez kuchaytiruvchi mineral va vitaminlarga boy mahsulot.

Kuniga bir choy qoshiq asal isteʼmol qilish ham sogʻlik uchun foydali.

Biroq allergiyaga moyil, surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchi kishilar bu mahsulotlarni isteʼmol qilishda shifokorlar bilan maslahatlashishlari zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер