Ilxom Maxkamov Xitoy transport vaziri Li Syaopen bilan uchrashdi
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bogʻliq muhim masalalar muhokama etildi.
Xususan, vazirlar “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish loyihasini amalga oshirish, “Andijon –Oʻsh – Irkeshtom – Qashgʻar” multimodal transport koridorini rivojlantirish, xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shugʻullanuvchi haydovchilarga vizalarni yengillashtirilgan tartibda berish, shuningdek, oʻzaro hamkorlikda yangi multimodal transport koridorlarini shakllantirish bilan bogʻliq jihatlarni muhokama etishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring