Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi boʻldi

12:32 07 Mart 2022 Jamiyat
1283 0

Foto: Arxiv surat

Bugun Xalq deputatlari Moʻynoq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Menglibekov Baxtiyar Bekmurzayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Menglibekov Moʻynoq tumani «Madeli» ovul fuqarolar yigʻinidagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Nomzod Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxiraga olingan edi. Faoliyatini samarali olib borayotgan hokim yordamchilarini Milliy kadrlar zaxirasiga olish davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер