Ilk bosqichdayoq yengil vazn “titan”larining toʻqnashuvi
Bugun Belgrad shahrida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlariga guvoh boʻlamiz. Unda 3 nafar hamyurtimiz ringga koʻtariladi.
Shubhasiz, nafaqat biz, balki koʻplab jahon boksi muxlislarining nigohi -51 kg. vazn toifasida ilk bosqichdayoq toʻqnash kelgan hamyurtimiz Hasanboy Doʻsmatov va qozogʻistonlik Saken Bibosinov qarama-qarshiligiga qaratiladi.
Eslatib oʻtamiz, Doʻsmatov “Rio — 2016” olimpiadasida oltin medalni, Bibosinov yaqinda yakuniga yetgan “Tokio — 2020” olimpiadasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Shuningdek, bugun Odiljon Aslonov (-80 kg.) va Saidjamshid Jafarov (-75 kg.) ham dastlabki bahslarini oʻtkazadi.
Maʼlumot uchun: -80 kg: Odiljon Aslonov — Yusuf Changalavey (Tanzaniya) (19:20 dan soʻng, B ring);
-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov — Saken Bibosinov (Qozogʻiston) (21:00, A ring).
-75 kg: Saidjamshid Jafarov – L.Ferneza (Slovakiya) (23:05dan soʻng, B ring)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring