Ilk bor Oʻzbekistondan Yevroosiyo mintaqaviy metrologiya tashkilotiga vitse prezident saylandi
Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET) maʼmuriy boshqaruvida oʻzgarishlar amalga oshirilib yangi Prezident saylandi. Shu bilan birga mintaqaviy tashkilot vitse prezidentlari tarkibi yangilandi.
KOOMET masʼullari vitse prezident lavozimiga Oʻzbekiston vakili — Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripovni bir ovozdan qoʻllab quvvatlashdi. Endilikda institut rahbari xalqaro talablar va mezonlarga mos ravishda KOOMETning eng muhim yoʻnalishlaridan hisoblangan “Qonunlashtiruvchi metrologiya” yoʻnalishini boshqaruvida ishtirok etadi.
Eslatib oʻtamiz, KOOMET 1991-yil 12-iyun kuni tashkil etilgan va unga 19 ta davlatlar aʼzo boʻlgan. Oʻzbekiston ham ushbu mintaqaviy metrologiya tashkilotiga 2004-yilda aʼzo boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring