Ilk bor 5 nafar para taekvondochimiz reyting orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi
Butunjahon taekvondo federatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziya beruvchi reytingni eʼlon qildi.
Quvonarlisi, yakuniy reyting natijalariga koʻra ilk bor 5 nafar para taekvondochimiz reyting orqali Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi:
Ayollar
Ziyoda Isoqova (-47 kg)
Guljanoy Naimova (+65 kg)
Erkaklar
Zuxriddin Tohirov (-63 kg)
Javohir Aliqulov (-70 kg)
Asad Toshtemirov (-80 kg)
Qayd etish lozimki, Oʻzbekiston delegatsiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining para taekvondo dasturida 3 nafar sportchi bilan ishtirok etgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring