Ilhom Aliyevning “Gʻalaba paradi”da ishtirok etmasligining sababi ochiqlandi

09:44 08 May 2025 Dunyo
486 0

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev soʻnggi daqiqada Moskvaga tashrifini bekor qildi. U Rossiyada oʻtkaziladigan Gʻalabaning 80 yilligi sharafiga bagʻishlangan harbiy paradga taklif etilgan edi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning maʼlum qilishicha, Aliyevning kelmasligi haqida rasmiy xabar kelib tushgan. Tashrifdan voz kechish sababi sifatida prezidentning Haydar Aliyevga bagʻishlangan muhim ichki tadbirlarda ishtirok etishi zarurligi koʻrsatilgan.

Shuningdek, Aliyevdan tashqari Laos prezidenti Txonglun Sisulit ham Moskvadagi paradga bormasligini bildirgan. Rasmiylarga koʻra, u koronavirusga chalingani sabab safarini bekor qilgan. Biroq Laos delegatsiyasi paradda ishtirok etadi — mamlakat nomidan tashqi ishlar vaziri Txongsavan Fomvixan qatnashadi.

Gʻalaba paradida 20 dan ortiq xorijiy davlatlar rahbarlari ishtirok etadi. Ular orasida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari, Xitoy raisi Si Szinpin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Vetnam kommunistik partiyasi bosh kotibi To Lam, Braziliya prezidenti Lula da Silva, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va boshqa yetakchilar bor.

Eslatib oʻtamiz, Ilhom Aliyev oxirgi bor 2015-yilda Moskvadagi Gʻalaba paradida ishtirok etgan edi. 2024-yilning mart oyida esa Ozarbayjon va Rossiya prezidentlari matbuot xizmatlari Aliyev ushbu yirik tadbirda qatnashish taklifini qabul qilganini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер