Ikkita vazirlikka Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi yuboriladigan boʻldi

15:32 06 Iyun 2023 Siyosat
551 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Qudbiyevga “Byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda Mudofaa vaziri B. Qurbonovga “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga olingan harbiy xizmatga majburlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish borasida amalga oshirilgan ishlar holati toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida qaror qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini yakunladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер