Ikkinchi jahon urushi xotiralarda

23:19 02 May 2025 Jamiyat
285 0

Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” nomli respublika ko‘rik-tanlovining bu yilgi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu tanlov doirasida ishtirokchilar urush yillari xotirasi, insoniy jasorat va milliy qahramonlikni yorituvchi asarlar bilan qatnashdi.

Bu yilgi tanlovga mamlakatimizning turli hududlaridan yuzdan ortiq iste’dodli ijodkorlar tomonidan rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika yo‘nalishlariga mansub 200 dan ziyod asar taqdim etildi.

Malakali hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilgan tanlov yakunida g‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер