Ikkinchi toʻlqin xavfli: Hindlardan hatto uylarida ham niqob taqish soʻraldi
Hindiston rasmiylari fuqarolardan hatto uyda ham niqob taqishni soʻrab murojaat qildi. Mamlakatda soʻnggi besh kundan beri yangi holatlar soni keskin koʻp aniqlanmoqda. Xususan, oxirgi bir kun ichida bu yerda 352 991 kishida virus aniqlangan. Pandemiya boshidan beri “COVID-19” bilan zararlangan soni 17 313 163 kishiga yetgan.
Ayni paytda eng murakkab vaziyat Maharashtra, Uttar Pradesh shtatlari va Dehli okrugida kuzatilmoqda.
Mahalliy mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, Hindistonda koronavirusning ikkinchi toʻlqini kuzatilmoqda. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, Nyu-Dehli Vashingtondan “COVID-19”ga qarshi vaksinalar ishlab chiqarish uchun komponentlar yetkazib berishni soʻragan.
Bir necha kundan beri Hindistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat juda yomon tus olmoqda. Oʻtgan juma kuni Dehlidagi kasalxonalarga kislorod taqchilligi kuzatilgan. Natijada oʻnlab bemorlar hayotdan koʻz yumgani haqida xabar bergan edik.
Oldinroq, Hindistonda yashovchi ukrainalik tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Kuxarchuk hozir butun dunyo oldida pandemiyaning birinchi toʻlqiniga qaraganda koronavirus infeksiyasining yana-da kuchli tarqalishidan omon qolish vazifasi turgani haqida aytib oʻtgan edi.
“Biz (qaysi davlatda boʻlishimizdan qatʼi nazar) koronavirus infeksiyasining shunday avj olish arafasida turibmizki, pandemiyaning birinchi toʻlqini, uning oldiga” gul“ga oʻxshaydi!”, degan edi Kaxarchuk.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring