Ikki vazir isteʼfosidan keyin Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass ham isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi

18:10 20 Oktyabr 2022 Dunyo
928 0

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass Dauning-strit (Bosh vazir qarorgohi)dagi matbuot anjumanida isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi.

Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, u yangi hukumat rahbari saylanmaguncha oʻz lavozimida qoladi. 

Siyosatchi bu qarorni lavozimga kirishganidan olti hafta oʻtib qabul qildi. Yaʼni, Trass oʻz lavozimida 45 kun faoliyat olib bordi. Shu tariqa u Britaniya tarixidagi eng qisqa muddat bosh vazir boʻlgan siyosatchiga aylandi. 

Bungacha antirekord faoliyatining 119-kunida vafot etgan Jorj Kanningga tegishli edi. U 1827-yilda Buyuk Britaniya bosh vaziri boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер