Ikki oyda 10 mingdan ziyod oʻzbekistonliklar Tailandga bordi
2026-yilning yanvar fevral oylarida jami 10 946 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Tailandga borgan fuqarolar safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanganda eng katta ulush sayohat istagidagi sayyohlar hissasiga toʻgʻri kelib, ularning soni 10 222 nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida 708 nafar, oʻqish istagida 13 nafar hamda xizmat yuzasidan 3 nafar oʻzbekistonlik ushbu mamlakatga tashrif buyurgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring