Ikki yil ichida O’zbekistonda 50dan ortiq kinoteatr quriladi

17:34 03 Aprel 2018 Madaniyat
1742 0

 

Foto: chastnik.ru 

2019 yil oxirigacha O’zbekistonda namunaviy loyiha bo’yicha 50dan ortiq kinoteatr quriladi.

Ayni paytda yozgi, shuningdek, bir va ikki qavatli kinoteatrlarning namunaviy loyihalari tasdiqlangan. Qayd etish o’rinli, oxirgi ikki loyihaga asoslanib barpo etiladigan binolarning har birida 50 o’ringa mo’ljallangan ikkita zali bo’ladi, deb yozadi “Sputnik”.

“O’zbekkino” Milliy agentligi texnik bo’limi boshlig’i Bahodir Muhamedovning aytishicha, ayni paytda loyihani moliyalashtirish masalasi hal etilayapti.
O’zbekiston Milliy banki esa shunday ob’ektlarni qurish istagida bo’lgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit beradigan moliyaviy manba sifatida ishga kirishadi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер