Ikki hududda 425 mln soʻmlik gaz va “svet” talon-toroj qilindi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda “A.” MCHJ masʼul shaxslari «Navbahor« MFY hududidagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, 250,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Jomboy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, YATT «R.R.« tijorat maqsadida novvoyxona binosida yashirin ravishda elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 175,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring