IIV Malaka oshirish institutida tantanali bitiruv marosimi oʻtkazildi
Foto: IIV Axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha navbatdagi maxsus malaka oshirish oʻquv kurslarida “mayor” maxsus unvonini olish uchun oʻquv kurslarida tahsil olgan tinglovchi xodimlarning bitiruv marosimlari oʻtkazildi.
Uzluksiz oʻquv-karyera tizimida oʻquv jarayonlari davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshirildi. Mashgʻulotlarga IIV Malaka oshirish instituti, Vazirlikning tegishli sohaviy xizmatlari masʼul xodimlari jalb etildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Malaka oshirish instituti boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Rasulov Ulugʻbek Erkinovich – nutq soʻzlab, oʻz nutqida keyingi yillarda sohada amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar va ularning natijasida professional kadrlar shakllangani, Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz tinch-osoyishta hayotining ishonchli kafolatiga aylanayotganligini alohida aytib oʻtdi.
Tantanali tadbirda oʻquv reja va dasturlar talablarini toʻliq bajargan, imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring