Toshkentda yana bir yangi institut ochiladi

10:15 11 Iyul 2018 Jamiyat
5281 0
Foto: iifrf.ru

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni mamlakatimizda atom elektr energetikasini barpo etish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur yig‘ilish asnosida yurtimizda yana bir nufuzli universitet filiali ochilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Ma’lumki, atom elektr stansiyasini qurish va undan foydalanishda eng zamonaviy va murakkab texnologiyalar qo‘llaniladi. Buning uchun esa yuqori saviyali va chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar kerak. Shu bois Toshkentda fizika sohasida dunyoda yetakchi ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Moskvaning muhandislik-fizika institutining filialini ochish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, fizika va texnika yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlarini bitirgan salohiyatli kadrlarni tanlab olib, ularni Moskva va Minskka o‘qishga hamda atom elektr stansiyalarida tajriba orttirishga yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер