IELTS sertifikati qalbaki boʻlib chiqdi

11:42 22 Iyun 2023 Jamiyat
509 0

Buxoro shahar IIO FMB bergan maʼlumotga koʻra, Buxoro Muhandislik-texnologiya instituti rektorining 2021-yil 4-dekabrdagi buyrugʻi bilan “С1» darajadagi IELTS sertifikati borligi sababli xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi fuqaro A.M. ismli ayolga oylik maoshiga qoʻshimcha 50 foiz ustama toʻlab kelingan.

Ushbu sertifikatda fuqaro A.M. ning emas, balki boshqa nomaʼlum shaxsning fotosurati mavjudligi sababli, uning haqqoniyligini tekshirish maqsadida Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga soʻrov joʻnatilgan. Britaniya Kengashi vakolatxonasi direktorining 2022-yil 7-dekabrdagi tegishli xatida fuqaro A.M. ga 2021-yil 8-aprelda, 003241-sonli sertifikat imtihonda qoida buzilishi, yaʼni nomzod oʻrniga boshqa shaxsning yordamidan foydalanganlik holati boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv natijasiga koʻra bekor qilinganligi koʻrsatilgan.

Shuningdek, Kengash tekshiruv natijalariga koʻra fuqaro A.M. ga 2023-yil 26-sentyabrga qadar IELTS imtihonlarini qayta topshirish taqiqlangan.

Buxoro Muhandislik texnologiya institutining taqdim qilgan maʼlumotiga koʻra, 003241-sonli IELTS sertifikati asosida fuqaro A.M. ga 2021-yilning dekabr oyidan 2022-yilning sentyabr oyiga qadar jami 33 million 276 ming soʻm qoʻshimcha ustama hisoblanib, toʻlab berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер