Ichki turizmda sarflangan pulning bir qismi qaytarib beriladi

08:13 05 May 2022 Jamiyat
709 0

Foto: Illustrativ foto

Prezident qaroriga koʻra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari uchun “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari boʻylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (“Cashback”) tartibi joriy etiladi.

Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir mahalliy turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;

temir yoʻlda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;

joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming soʻmdan oshmagan miqdorda;

teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming soʻmdan oshmagan miqdorda.

Sayohat xarajatlari faqatgina maxsus Platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер