Ichki ishlar vazirining 11-martdagi shaxsiy tarkib boʻyicha buyrugʻi bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
podpolkovnik
Arslonov Alisher Miritdinovich
Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti Kotibiyat boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Arslonov Tashkiliy departament murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi murojaatlarni turkumlashtirish va nazorat boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
podpolkovnik
Roʻziyev Rustam Ergashovich
Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar R.Roʻziyev Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
podpolkovnik
Shermuxamedov Maruf Kobiljonovich
Samarqand viloyati Payariq tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar M.Shermuxamedov Samarqand viloyati Toyloq tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
podpolkovnik
Togʻayev Sherzod Xidirnazarovich
Samarqand viloyati Toyloq tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Togʻayev shu yerning oʻzida boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
podpolkovnik
Sultanov Elmurod Azatbekovich
Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar E.Sultanov Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
mayor
Amanbayev Navroʻz Zokirjonovich
Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar N.Amanbayev shu yerning oʻzida boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring