Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ramazon Ashrapov ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar R.Ashrapov Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 yanvar kuni Yahyojon Abdulhaqov Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod qilingandi. Shundan buyon ushbu lavozim vakant bo‘lib qolayotgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring