Ichimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy, manfaat topish maqsadida ulanish endilikda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi

14:19 28 Noyabr 2023 Jamiyat
404 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ikkinchi qismini “d” va “e” bandlariga asosan oʻgʻrilik:

d) umumiy foydalanishdagi vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan;

e) umumiy foydalanishdagi vodoprovod tarmoqlariga suv taʼminoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bugungi kunga qadar ikkita holatda, fuqarolarga nisbatan ayni yoʻnalishda jinoiy ish ochilib, 3 va 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish choralari koʻrildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер