“Ichan-Qalʼa” muzey qoʻriqxonasida oʻrta asrlar ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi haykallar oʻrnatildi

20:50 11 Mart 2022 Madaniyat
2403 0

“Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi hududidagi sayyohlik yoʻnalishlariga tarixiy voqealar, azaliy qadriyatlar va aholi turmush tarzini aks ettiruvchi ijod namunalari — haykallar oʻrnatildi.

Xiva shahridagi ochiq osmon ostidagi muzey-qoʻriqxonaning tarixiy elementlar bilan boyitilish jarayoni Madaniy meros agentligi direktori Shaxriyor Nurulloyev nazoratida amalga oshirildi.

Mavzu jihatdan tarixiy-meʼmoriy obidalar bilan uygʻunlikdagi ushbu sanʼat asarlari sayyohlarning oʻtmish haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilish barobarida muzey shahar jozibadorligini oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер