Hujjatlarda boʻsh deb koʻrsatilgan yuk mashinasiga salkam 70 kg giyohvandlik vositalari yashirilganligi fosh boʻldi

12:51 03 Yanvar 2024 Jamiyat
277 0

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” chegara bojxona postida respublikamizga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi inspeksion koʻrik majmuasi orqali koʻzdan kechirilganda uning kabinasidagi koʻz ilgʻamas boʻshliqlarga 66 ta oʻramlar yashirilganligi fosh boʻldi.

Mazkur oʻramlar ochib koʻrilganda esa, ularning 30 tasida 31,9 kg. ogʻirlikda “geroin”, 36 tasida esa 37,3 kg. ogʻirlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi joylangani maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер