Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar samaradorligi oshiriladi

11:33 17 Oktyabr 2023 Siyosat
345 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼlumotlarni toʻplash, tezkor kiritish, niqoblangan operatsiya kabi tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibini aniqlashtirishni, shuningdek axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlashni, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, shu jumladan kibermakonda va (yoki) uning imkoniyatlaridan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin ekanligini belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat tartibini saqlashni va fuqarolar xavfsizligini yanada ishonchli taʼminlashga, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar samaradorligini oshirishga koʻmaklashadi.

Qizgʻin bahs-munozaralar, savol-javoblar va uzoq tortishuvlardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер