Huquq ustuvorligi sohalarida oʻzaro tajriba almashiladi

17:03 02 Fevral 2024 Jamiyat
507 0

Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Italiya davlatining Rim shahrida rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi.

Tashrifdan maqsad – Oʻzbekiston va Yevropa oʻrtasidagi mavjud munosabatlarni yanada mustahkamlash, Yevropa tomoni bilan nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va kasaba uyushmalari faoliyatlarini yanada rivojlantirish, huquq ustuvorligi sohalarida oʻzaro tajriba almashish hamda Oʻzbekiston xalqaro imijini mustahkamlash.

Tashrifning birinchi kuni Italiya deputatlar palatasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokida brifing tashkil etildi. Tadbirda Italiya tomonidan Parlament deputatlari hamda Tashqi ishlar vazirligi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Italiya tomoniga Oʻzbekistonda soʻnggi yilarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, ayollarning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlardagi rolini oshirish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida maʼlumot berildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov oʻz maʼruzasida davlatimiz yangi Konstitutsiyasi va “Oʻzbekiston – 2030” Strategiyasiga asosan nodavlat va notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, vijdon erkinligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: Shu oʻrinda, Italiya OAVda Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtgan davr mobaynida 18 ta meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi, soʻnggi 5-yilda nodavlat notijorat tashkilotlarining soni 3500 koʻpayganligi hamda ularning soni 9361 taga yetganligi, shuningdek, vijdon erkinligi borasida amalga oshirilgan ijobiy oʻzgarishlar, natijada Oʻzbekiston 2023-yilda AQSH Davlat departamenti tomonidan diniy erkinlik borasida ijobiy oʻzgarish qilmagan “Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar” roʻyxatiga kiritmagangiligi haqidagi maʼlumotlar yoritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер