“Humo arena” oʻzbek boksining qudratini yana bir bor namoyish etdi
Toshkentda WBC&Lift professional boks oqshomi oʻz yakuniga yetdi. “Humo arena” mezbonlik qilgan janglar yurtdoshlarimiz uchun chiroyli gʻalabalarga boy boʻldi.
Xususan, professional boksda debyut qilgan Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari chempioni Abdumalik Xalokov 2-raunddayoq gʻalaba qozondi.
Shuningdek, bugun hamyurtlarimizdan Qudratillo Abduqahhorov, Miraziz Mirzahalilov, Suhrob Qayumov, Mujbillo Tursunov, qolaversa, kechaning markaziy jangida ringga koʻtarilgan Bahodir Jalolov ham oʻz hisoblariga navbatdagi gʻalabani yozdirib qoʻyishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring