Hukumat tarkibida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Bugun, 21-iyun kuni Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga asosan, lavozimlarga tayinlangan va tasdiqlagan bir qator nomzodlar Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan hukumat aʼzolariga tanishtirildi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
- Unga koʻra, Abduvaqqos Rafiqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi;
- Azim Ahmadxoʻjayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori;
- Olimjon Umarov Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari;
- Jamshid Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Amriddin Abdurahmonov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining yoʻl xoʻjaligi sohasiga ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish va raqamlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring