Hududlarning master-rejasini ishlab chiqishga 200 milliard soʻm ajratiladi
Prezident raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga toʻxtalib oʻtildi.
Misol uchun, Boysundagi Omonxona qishlogʻida 1 ta sihatgoh, 3 ta mehmonxona boʻlib, mehmonlarni 190 ta xonadon qabul qiladi (yiliga oʻrtacha 22-25 ming mehmon keladi).
Ushbu qishloqdagi hokim yordamchisi mehmonlar oqimini 100 mingga yetkazish boʻyicha ish boshlagan.
Agar yoʻl infratuzilmasi yaxshilansa, yoʻl boʻyida 200 dan ziyod servis obyektlari va kamida 1 mingta ish oʻrinlari paydo boʻladi.
Umuman, 28 ta yirik shahar, xizmat koʻrsatish salohiyati yuqori 10 ta tumanda ishlar yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi. Bu hududlarning master-rejasi ishlab chiqishga 200 milliard soʻm ajratiladi.
Bunda:
- bir hafta muddatda har bir tuman va shaharda loyiha ofislari tuzilib, xorijiy konsalting kompaniyalari va ekspertlar jalb qilinadi;
- loyiha ofislari bir oy muddatda ushbu tuman va shaharlar aholisi takliflari asosida master-rejani ishlab chiqadi.
Ushbu tuman va shaharlarga tijorat banklari biriktirilib, servis loyihalarini moliyalashtirishga masʼul boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring