Hududida xonadonlar soni mingdan ortiq boʻlgan mahalla xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi

20:14 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
2030 0

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–6324-son, 18.10.2021-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2021-yil 1-noyabrdan:

— hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlari 35 foizga oshiriladi;

— fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini koʻrsatish vazifasi tuman (shahar) hokimliklaridan tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga oʻtkaziladi;

— tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер