Hozirgi vaqtda koronavirus infeksiyasining simptomlari oʻzgaryaptimi?
Ushbu savolga bugun AOKA huzuridagi shtabda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nargiza Nurullayeva quyidagicha javob qaytardi:
Koronavirus infeksiyasida foizlar nisbatida oladigan boʻlsak, eng koʻp quyidagi belgilar uchraydi:
— 90% holatlarda — tana harorati koʻtarilishi;
— 80% holatda — yoʻtal (quruq yoki kam miqdorda balgʻam bilan);
— 55% holatda — hansirash;
— 44% holatda — tez charchash;
— 20% dan kam hollarda — koʻkrak qafasida noxushlik hissi;
— mialgiya, hushning buzilishi, bosh ogʻrishi, qon tupurish, diareya, koʻngil aynishi, qusish, yurak urib ketishi, tomoqda ogʻriq, burun bitishi, hid va taʼm sezgisining pasayishi;
— 2-11% holatlarda — konyuktivit belgilari.
Kasallanishning 6-8 kunlariga kelib hansirashning ogʻirlashishi yuzaga keladi. Qariyalarda kasallik atipik koʻrinishda yaʼni, harorat koʻtarilishi, yoʻtal, hansirash kabi belgilarsiz kechishi mumkin.
Kuzatilishi mumkin boʻlgan belgilarga deliriy, tushkunlik, holsizlik, konyunktivit, vasvasa, taxikardiya yoki AQBning pasayishi kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring