Hozir sabrni emas, tezkorlikni soʻraydigan davr keldi — TTYSI prorektori
Bugun, 8-dekabr kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov Bogʻot yengil sanoat va servis texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida texnikumga oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatildi. Shuningdek moddiy-texnik bazasi yaxshilandi.
Baxtiyor Nasimov texnikumning oʻquv-moddiy bazasi, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, oʻquv va oʻquv amaliyot xonalari, internet tarmogʻi hamda undan foydalanish holati, issiqlik tizimi, shu bilan birga hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
“Oʻquvchilarga bilim olishi uchun barcha sharoitni yaratib berish kerak. Hozirgi davr yoshlariga sabrdan koʻra tezkorlikni oʻrgatish zarur. Chunki zamon shuni talab qilmoqchi. Siz oʻylagan innovatsion 10 kundan keyin boshqaning nomidan eʼlon qilinishi mumkin. Chunki vaqt bizni kutib turmaydi. Koʻproq oʻrganish, tajriba qilish, amaliyot oʻtash eng samarali vositaga aylanmoqda”, deydi prorektor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring