Hojatxona xizmat turiga kirmaydimi?

11:59 16 Oktyabr 2019 Jamiyat
2474 0

Sarlavhani oʻqib endi aytilmagan mavzu shu edi deyishga shoshilmang. Toʻgʻri bu mavzuni koʻtarish balki kulgulidir. Jamiyatimizda bundanda katta yechimini kutayotgan muammolar bisyor. Ammo katta koʻngilsizliklar ham kichik xatolardan boshlanadi.

Ovqatlanish joylariga borganda koʻpchiligimiz xojatxona pulli boʻlsa indamsadan 1000-2000 pul toʻlaganmiz. Ha, albatta xech kim bu pulga tortishib oʻtirmaydi. Ammo aslida mantiqiy oʻylab qaralsa xojatxona xizmat turiga kiradi. Bugun dunyoda isteʼmolchilarni jalb qilish, auditoriyani ushlab qolish maqsadida tovar egalari barcha qulay sharoitlarni isteʼmolchilarga yetkazib berayotganda, xaridorning choʻntagidagi chaqasigacha qoqib olishimiz kulguli emasmi?!

Aytaylik kamida yuz kishiga moʻljallangan kafeda, hojatxona pullik boʻlsa, oʻrtacha kunlik tashrif buyuruvchilar soni besh yuzdan oshib ketadi. Kafe restoranlarda barchamiz yaxshi bilamiz-ki foyda olish maqsadida ichimliklarning narxini ikki borabor koʻtarib sotishadi. Endi foyda qilamiz deb xojatxonani ham pullik qilish insofdanmi? Bu mavzudagi muammo hayolimga hech qachon kelmasdi. Chet eldan kelgan sayyohlarga tarjimon boʻlib, ularga yurtimizda nimadir muammolarga duch kelsangiz ayting demaganimcha. 8 kishidan tashkil topgan korealik sayyohlar bilan tarixiy shaharlarimiz Buxoro, Samarqand, Xiva shaharlarida boʻldik. Ularga yurtimizning tarixi, madaniyati haqida gapirar ekanman ularning yuzlarida mamlakatimizga boʻlgan qiziqishning ortishini kuzatdim. Ammo bu boshqa mavzu.

Kim Leyesuyel, sayyoh: – Bilasizmi Oʻzbekiston men uchun hali oʻqilmagan kitob edi. Toʻgʻri Koreada hamkasblarim ichida oʻzbeklar ham bor. Uldarning samimiyligi, mehmondoʻstligi hardoim hayron qoldirgan. Mana yurtingizni aylanib, oʻz koʻzim bilan koʻrib Oʻzbekistonga mehrim ortdi. Shirin toamlari, tarixiy shaharlari, mehmondoʻst xalqi yoqdi. Ammo kamchiliklar ham yoʻq emas. Ayniqsa yoʻllarning notekisligida juda qiynaldik. Shuningdek meni hayratlantirgan jihati bu yerda xojatxonalarga ham pul toʻlash kerak eakan. Toʻgʻri hammasida emas, ammo koʻp yerda pul toʻladik. Bu yaxshi emas. Chunki ovqatini sotib olgandan keyin, xojatxona tekin boʻlishi kerak.

Heye Yuyen Son: – Leyesuyelni gaplariga qoʻshilaman. Hojatxona pullik boʻlmaydi-ku. Pul toʻladik, ammo sifati yaxshi emas. Men xaridorman, menga barcha qulayliklar yaratilgan boʻlishi kerak. Koreada restoranim bor. Biz mijozni restoranimizga yana kelishi uchun, unga qoʻshimcha sovgʻalar va aksiyalar taklif qilamiz. Agar ular xarid chekini saqlab qoʻysa, biz besh marta tashrif buyurgan mijozimizga chegirmalar beramiz. Bugun jahon iqtisodiyotida barcha tadbirkorlar xaridorlarni mamnun harakat qilishadi. Agar siz yaxshi xizmat turini yaratib bersangiz, mijozlar hatto boshqa shaharlardan sizning restoraningiz uchun kelishadi.

Biz hammamiz kundalik hayotimizda isteʼmolchimiz. Isteʼmolchi sifatida haq-huquqlarimiz va majburiyatlarimiz ham bor. Bugungi kunda taraqqiyotga intilgan har bir davlat kuchi fuqoralik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida qaramoqda. Bu jarayon tabiiyki inson salohiyatini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatdor muvozanatini taʼminlashda muhim oʻrin tutuvchi omildir. Qancha fuqoralarga imkoniyat yaratib berishga harakat qilmaylik, ammo hali ham ular katta muammo va toʻsiqlardan tashqari, kundalik hayotida “vazni kamroq” muammolar oldida ojizligicha qolmoqda. Xoʻsh yuqoridagi muammolar biz uchun qaysi toifadagi muammolar sirasiga kiradi?!

Xulosa sizdan...

Qahramon Shermatov

Isteʼmolchilar huquqlarini

himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bosh mutaxassisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер