Homilador ayollarga oʻrtacha ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha dam olish kunlari beriladi

23:04 05 Noyabr 2022 Jamiyat
1352 0

Foto: Illustrativ foto

Mehnat kodeksiga ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy koʻriklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha boʻsh kunlar berishi shartligi toʻgʻrisida yangi norma kiritildi (403-modda).

Buning natijasida homilador ayollarning tugʻruqqacha perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy koʻriklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar olishi uchun sharoit yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер