Hokimlarning boshqa davlat organlari funksiyalarini takrorlovchi 70 ta funksiyasi aniqlandi — A.Madaminov
Bu haqda AOKAda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning muhim yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori Aʼzam Madaminovning taʼkidlashicha, Adliya vazirligi tomonidan hokimiyatlar faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalarni chiqarib tashlash maqsadida tahlil oʻtkazildi.
— Hokimlarning boshqa davlat organlari funksiyalarini takrorlovchi 70 ta funksiyasi roʻyxati shakllantirilib, bularni bekor qilish yoki qoʻshib yuborish taklifi bilan yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim etildi, — dedi u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring