Hokimlar bir kvadrat metr uy narxini 4 mln soʻmdan oshirmaslik uchun zarur choralarni koʻrishi kerak — Shavkat Mirziyoyev

18:23 03 Mart 2021 Siyosat
1544 0

Poytaxtimizda Prezidentimiz raisligida joriy yilda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.

- Biz bugungi kunga qadar bunaqa hajmdagi qurilish dasturini amalga oshirmaganmiz, -dedi davlatimiz rahbari.

- Shuning uchun, har bir viloyat hokimi uy-joy masalasida shaxsan oʻzi ichiga kirib, aniq hisob-kitobga ega boʻlishi kerak. Eng katta masala – bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish. Bugungi narx-navodan odamlarimiz rozi emas va hokimlar buni ichiga kirmagani ham, rost.

Yigʻilishda viloyat va tuman hokimlari bir kvadrat metr uy narxini 4 million soʻmdan oshirmaslik uchun barcha zarur choralarni koʻrish vazifasi topshirildi.

Bunda, har bir tuman, shahar va viloyat hokimi oʻz hududida qurilish tannarxini ichiga kirib, qaysi qurilish materiallarini arzonroq va yaqinroqdan olish mumkin, sement va metall narxini qanday pasaytirsa boʻladi, degan savollarning javobini topishi kerak, dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер