«Hizbulloh» Isroilga kamida 170 ta raketa zarbasini yoʻllagan
Foto: AP
«Hizbulloh» Isroilga katta hajmda raketa zarbasini yoʻlladi. Bu Livan — Isroil chegarasidagi chigallikni oshirishi mumkin. Bu haqda «Reuters» agentligi yozmoqda.
Livandagi xavfsizlik manbasining aytishicha, «Hizbulloh» 100 dan ortiq raketa otgan va bu guruhning oktyabr oyidan buyon amalga oshirgan eng katta havo zarbasi hisoblanadi.
«The Times of Israel» nashriga koʻra, bugun kun boʻyi davomida guruh tomonidan Isroil tarafga kamida 170 ta raketa zarbasi uchirilgan. Zarit hududiga 10 ta raketa kelib tushgan, ularning bir qismi havo hujumi tizimi tomonidan tutib qolingan.
Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi aytiladigan «Hizbulloh» va Isroil oktyabr oyida Gʻazo urushi boshlanganidan beri jangovar harakatlarni doimiy ravishda kuchaytirib kelayotgan edi. Seshanba kuni kechki payt Isroil kuchlarining Livan janubidagi Jouya qishlogʻiga uyushtirgan zarbasi oqibatida «Hizbulloh»ning yuqori martabali dala qoʻmondoni halok boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring