Hindistonlik talabalar bosh vazir haqidagi filmni tomosha qilgani uchun hibsga olindi

17:58 26 Yanvar 2023 Dunyo
1287 0

Foto: Global Look Press

Hindistonlik talabalar BBC telekanalining bosh vazir Narendra Modi haqidagi hujjatli filmini tomosha qilgani uchun hibsga olingan. Bu haqda “Foreign Policy” xabar bermoqda.

Amerika nashriga koʻra, asosan musulmonlardan iborat hibsga olingan oʻnlab talabalar Javoharlal Neru universiteti hamda Nyu-Dehlidagi Milliy islom universitetida tahsil olgan. Qayd etilishicha, mahalliy hokimiyat organlari film namoyish etilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shaharning taʼlim muassasalari joylashgan kvartallarida elektr energiyasini ataylab oʻchirib qoʻygan.

Hindiston rasmiylari tomonidan taqiqlangan «Hindiston: Modi savoli» nomli hujjatli filmda uning 2002-yilda musulmonlar va hindular oʻrtasidagi diniy toʻqnashuvlarni bostirishdagi ishtiroki haqida soʻz boradi. Oʻshanda Modi Gujarati shtati rahbari boʻlgan.

2002-yil fevral oyida hind jamoatchiligi musulmonlarni 58 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻlovchi poyezdini ataylab oʻt qoʻyishda ayblagan edi. Shundan soʻng, Gujarat shtati Ahmadobod shahridagi musulmonlar anklaviga qarshi harakatlar boshlangan. “Foreign Policy”ning qayd etishicha, Modi oʻshanda hinduizm tarafdori boʻlgan.

2020-yil fevral oyida 18 kishining hayotdan olib ketgan bir qator diniy toʻqnashuvlar sodir boʻlgan. Bir necha kun davom etgan qarama-qarshiliklarda hindular va musulmonlar bir-birini aybladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер