Hindistonda Toshkent tibbiyot akademiyasining vakolatxonasi tashkil etildi

14:07 19 Avgust 2022 Jamiyat
664 0

Yurtimizda tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, tibbiyot xodimlari bilimini oshirish, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A.Shodmonov tashabbusi bilan mazkur oliy taʼlim muassasasi Hindiston poytaxti Dehli shahrida oʻz vakolatxonasini ochdi.

Vakolatxona Hindistonning «Axis Institute of International Education» kompaniyasi bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik natijasida tashkil qilindi.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu kompaniya bugungi kunda dunyoning 20 ga yaqin nufuzli tibbiyot oliy taʼlim muassasalari, jumladan Varshava universiteti, Yaponiyaning KUDAN instituti, Manila universiteti, Gruziya universiteti, Ukrainaning tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.

Vakolatxona Dehli shahrining nufuzli tibbiyot muassasalari va markazlarida mamlakatimiz tibbiyot xodimlarini salohiyati hamda malakasini oshirishi, stajirovka oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bir qatorda, Hindistonda faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi tor soha mutaxassislarini Toshkent tibbiyot akademiyasining oʻquv-amaliyot jarayonlariga jalb qilish bilan ham shugʻullanadi.

Bundan tashqari, kelgusida tibbiyot muassasasining Polsha, Koreya va Turkiya davlatlarida ham vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер