Hindistonda rekord darajadagi issiq harorat kuzatilmoqda – Fotojamlanma
Foto: AP
Shimoliy Hindiston aholisi bir necha hafta davom etadigan jazirama toʻlqini bilan kurashmoqda.
Nyu Dehlida eng yuqori harorat 52,3 daraja qayd etildi. Shu sababli bir necha shaharlarda maktablar yopildi. Hindistonda havo harorati 45 gradusdan yuqori boʻlsa, jazirama hisoblanadi.
Shuningdek, inson sogʻligʻi uchun xavfli issiq harorat mamlakatdagi 6 haftalik saylovlarga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga jarima hayvonlarga ham taʼsir koʻrsatib, ularni suvsizlik va issiq urish xavfiga duchor qilmoqda.
Nyu Dehli rasmiylari, aholini suv tanqisligidan ogohlantirdi. Chunki yuqori issiq harorat tufayli baʼzi hududlarga suv yetkazib berish toʻxtab qolgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring